O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlariga eng zamonaviy turdagi moddiy-texnika jihozlari topshirildi

Tergov departamenti tomonidan xodimlarga qulay sharoitlar yaratish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 02 iyun kuni Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan surishtiruvchi va tergovchilarga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishlari uchun jami 15 ta eng zamonaviy turdagi monobloklar, rangli printerlar hamda oq qog‘ozlar topshirildi. Bundan tashqari tergov bo‘linmalari xodimlarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim saviyasi va savodxonligini oshirish maqsadida badiiy kitoblar topshirildi.

Bu turdagi tadbirlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech