O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov va Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.I Fayzullayev tomonidan o‘tkazilib, yig‘ilishda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning qo‘yi tizimlari xodimlari ishtirok etdi.

Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.I. Fayzullayev Tergov departamenti tomonidan yuborilayotgan ko‘rsatma va topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli ijrosini taʼminlash, 2022 yil davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni takrorlamaslik, ijrochilik va xizmat intizomini taʼminlash maqsadida Kompleks chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligini, kelgusida ish faoliyati ushbu reja asosida tashkil etilib ijobiy natijalarga erishilishini taʼkidlab o‘tdi.

Yig‘ilish davomida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan tumanlar tergov rahbarlari hamda ish ko‘rsatkichlari bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 35 nafar nafar tergovchi va surishtiruvchilarning yutuqlari eʼtirof etilib, ular Tergov departamenti va viloyat Ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliq, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.

Joriy yil Tergov departamenti tomonidan “Tergov sifatini oshirish yili” deb belgilanganligidan kelib chiqib, tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari yuzasidan o‘z vaqtida qonuniy qarorlar qabul qilinishiga alohida eʼtibor qaratilishi, xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish maqsadida doimiy ravishda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib borilishi, maslahat kengashining faoliyatini jadallashtirish zarurligi taʼkidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech